“MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI IJODIY RIVOJLANISHIGA QO‘YILGAN DAVLAT TALABLARI”

Authors

  • Ortiqova Dilbar Author

Keywords:

ijodiy rivojlanish, davlat talablari, maktabgacha ta’lim, estetik tarbiya, tasavvur, ijodkorlik kompetensiyasi, Reggio Emilia, Montessori, Vygotskiy, tasviriy faoliyat, badiiy-estetik tarbiya, kreativlik.

Abstract

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni ijodiy rivojlantirishga qo‘yilgan davlat talablari, ularning mazmuni, maqsadi, yosh bosqichlari bo‘yicha ko‘nikmalar tizimi, pedagogik jarayonda ijodiy yondashuvlarni qo‘llashning metodik asoslari yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ hujjatlari, xususan “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”da bolalarning ijodiy rivojlanishiga qo‘yilgan minimal ko‘rsatkichlar, estetik-tafakkur, obrazli idrok, tasavvur, san’at turlari bilan tanishish, konstruktiv va tasviriy faoliyat bo‘yicha rivojlanish darajalari tahlil qilingan. Shuningdek, ijodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlovchi metodlar — Montessori, Reggio Emilia, Vygotskiy, Piaget qarashlari asosida tahlil berilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ijodiy muhit yaratish, bolalarning mustaqil fikrlashi, ifoda erkinligi, obrazli tafakkurni rag‘batlantirish, san’at va madaniy boyliklar bilan tanishtirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan. Ta’lim jarayonini davlat talablari asosida rejalashtirish, ijodiy kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish mexanizmlari ham yoritilgan.

Published

2025-12-11

How to Cite

“MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI IJODIY RIVOJLANISHIGA QO‘YILGAN DAVLAT TALABLARI”. (2025). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 2(1), 88-92. https://journalss.org/index.php/zam/article/view/9598