RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNING YANGI ILMIY MODELI
Keywords:
raqamli jamiyat, ijtimoiy-gumanitar fanlar, fanlararo integratsiya, raqamli transformatsiya, ilmiy metodologiya, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, innovatsion yondashuv.Abstract
Ushbu maqolada raqamli jamiyat sharoitida ijtimoiy-gumanitar fanlarning transformatsiyasi va fanlararo integratsiyasi masalalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar va raqamli kommunikatsiya vositalarining jadal rivojlanishi ijtimoiy-gumanitar fanlarning tadqiqot obyekti, metodologiyasi va ilmiy yondashuvlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Maqolada ijtimoiy fanlar va gumanitar bilimlar o‘rtasidagi integratsiya jarayonlari, ularning texnologik fanlar bilan o‘zaro aloqasi hamda yangi fanlararo modellarning shakllanishi yoritiladi. Shuningdek, raqamli muhitda ijtimoiy jarayonlarni o‘rganishda an’anaviy va innovatsion tadqiqot metodlarining uyg‘unlashuvi muhim omil sifatida asoslanadi. Tadqiqot natijalari ijtimoiy-gumanitar fanlarning raqamli davr talablariga moslashuvi ilmiy tafakkurning yangilanishi va ta’lim-tadqiqot jarayonlarining samaradorligini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.