RAQAMLI JAMIYATDA FALSAFIY TA’LIM-TARBIYANING AHAMIYATI
Keywords:
fuqarolik jamiyati, falsafiy ta’lim – tarbiya, shaxs, ijtimoiy ong, qonun, metod, hatti-harakat.Abstract
Mazkur maqolada falsafiy ta’lim va tarbiyaning shaxs kamolotidagi o‘rni har tomonlama tahlil qilinadi. Unda jamiyatning barqaror rivojlanishi, ijtimoiy munosabatlarning sog‘lom shakllanishi hamda shaxsning ma’naviy-intellektual yetukligi bevosita falsafiy bilimlarning chuqur va tizimli o‘zlashtirilishiga bog‘liqligi asoslab beriladi. Falsafiy ta’lim shaxsda umumijtimoiy bilimlarni ongli ravishda qabul qilish, ularni tanqidiy tafakkur asosida anglash va amaliy faoliyatda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim omil sifatida talqin etiladi. Maqolada, shuningdek, falsafiy saboqlarning shaxs dunyoqarashini boyitish, ijtimoiy voqelikni anglash, axloqiy-me’yoriy qadriyatlarni o‘zlashtirish hamda madaniyatli fikrlash va xulq-atvorni shakllantirishdagi ahamiyati yoritiladi.