ZAMONAVIY IJTIMOIY TARAQQIYOT SHAROITIDA MAXSUS EHTIYOJGA EGA BOLALAR TA’LIMI VA INKLYUZIV YONDASHUVLARNING USTUVORLIGI
Keywords:
maxsus ta’lim, inklyuziv ta’lim, ijtimoiy ish, ijtimoiy himoya, modernizatsiya, pedagogik muhit, maxsus ehtiyojga ega bolalar, integratsiya, adaptatsiya, ijtimoiy siyosat, inklyuziya, reabilitatsiya, ijtimoiylashuv, MDH tajribasi.Abstract
Maqolada zamonaviy ijtimoiy taraqqiyot sharoitida maxsus ehtiyojga ega bolalar ta’limini tashkil etishning nazariy asoslari, inklyuziv yondashuvning mohiyati va uning jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati ilmiy tahlil qilinadi. O‘zbekistonda kechayotgan modernizatsiya jarayonlari, ta’lim sohasidagi davlat siyosati va ijtimoiy himoya tizimining yangilanishi maxsus ta’limning yangi bosqichga ko‘tarilishini taqozo qilayotgani asoslab beriladi. Maxsus va inklyuziv ta’limning tarixiy taraqqiyoti, MDH davlatlari tajribasi bilan qiyosiy tahlili, shuningdek, pedagogik-ijtimoiy yondashuvlar metodologik asosda yoritilgan. Inklyuziv ta’limning bolalar ijtimoiylashuvi, psixologik rivoji va jamiyatga integratsiyasidagi roli o‘rganilib, pedagogik muhitni moslashtirishning zaruriyati ta’kidlanadi.