SOVET DAVLATINING OXIRGI QATAG‘ONI PAXTA ISHI QATAG‘ONI (SAMARQAND VILOYATI MISOLIDA)

Authors

  • Masharipov Shavkat Ro‘zimovich Author

Keywords:

KPSS MK, Bosh sekretar, byuro, O‘zSSR, mustabid, ma’shum, sho‘ba.

Abstract

Ushbu maqolada Sovet davlatida amalga oshirilgan qatag‘onlarning oxirgi davri O‘zbekistonda XX asr 80 -yillarida “paxta ishi”, keyinroq “o‘zbeklar ishi” degan ma’shum nom ostida tarixga kirganligi haqida fikr yuritiladi. Qatag‘on davrida Samarqand viloyatida ham butun respublikada bo‘lgani kabi ayovsiz ravishda aybsiz kishilar iskanjaga olinib, mislsiz azob-uqubatlarni boshdan o‘tkazdi. T.Gdlyan boshchiligidagi tergov guruhi noqonuniy usullardan foydalanib, yillar davomida ayblanuvchilarga nisbatan jismoniy va ruhiy jihatdan azob berishdi. Shu tariqa KPSS Markaziy Komiteti tomonidan “Paxta ishi” o‘zbeklar ishiga aylantirildi. Tadqiqot davomida to‘plangan dalillar atroflicha o‘rganilib, unga ilmiy nuqtai nazardan baho berildi.

Author Biography

  • Masharipov Shavkat Ro‘zimovich

    Sh.Rashidov nomidagi SamDU tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari

    xotirasi muzeyi xodimi

     

Published

2026-02-26

How to Cite

SOVET DAVLATINING OXIRGI QATAG‘ONI PAXTA ISHI QATAG‘ONI (SAMARQAND VILOYATI MISOLIDA). (2026). KONFERENSIYA, 1(1), 161-165. http://journalss.org/index.php/conf/article/view/20132