AKADEMIK LITSEY OʻQUVCHILARINING MUSTAQIL TA’LIM ISHLARINI TASHKIL ETISHNING SHAKL VA METODLARI
Keywords:
Mustaqil ta’lim, akademik litsey, individual yondashuv, keys-stadi, loyihalashtirish usuli, kognitiv koʻnikmalar.Abstract
Ushbu maqolada akademik litsey oʻquvchilarining mustaqil ta’lim faoliyatini samarali va tizimli tashkil etishning metodik va pedagogik asoslari nazariy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotlarda mustaqil ishlar va turlarining tasnifi, akademik litsey oʻquvchilarning kreativ fikrlashini rivojlantirishda mustaqil ishning oʻrni va zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish usullari tahlil qilinadi. Hozirgi kunda zamonaviy ta’lim tizimining asosiy vazifasi nafaqat tayyor bilimlarni berish, balki oʻquvchilarni mustaqil bilim olishga oʻrgatishdan iboratligi asoslangan. Akademik litsey oliy ta’limga tayyorlovchi oraliq boʻgʻin boʻlganligi sababli, ushbu maqolada litsey oʻquvchilarida mustaqil ishlash koʻnikmalarini shakllantirish usullari koʻrsatilgan.