RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA SPORT TA’LIMIDA IJTIMOIY FANLARNING O‘RNI
Keywords:
Raqamli texnologiyalar, Sport ta’limi, Ijtimoiy fanlar, Ta’limda innovatsiyalar, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), Sport sotsiologiyasi, Sport psixologiyasi, Onlayn ta’lim platformalari, Masofaviy ta’lim, Multimedia vositalari, Interaktiv o‘qitish usullariAbstract
Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar asosida sport ta’limi jarayonini tashkil etishda ijtimoiy fanlarning tutgan o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda sport ta’limida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali ijtimoiy fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, raqamli platformalar, interaktiv dasturlar va onlayn ta’lim vositalari yordamida talabalarda ijtimoiy tafakkur, kommunikativ kompetensiya hamda kasbiy madaniyatni shakllantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Ijtimoiy fanlarning sport mutaxassislarini tayyorlashdagi pedagogik, ma’naviy va tarbiyaviy ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari sport ta’limi tizimida raqamli texnologiyalar va ijtimoiy fanlar integratsiyasini takomillashtirishga xizmat qiladi