YOSH FUTBOLCHILARDA MUSOBAQADAN OLDIN PSIXOLOGIK RAG‘BATLANTIRUVCHI OMILLARNI SHAKLLANTIRISHNING RAQAMLI INTEGRATIV MODELI

Authors

  • F.A.Oblanazarov Author
  • Abdullayev Xushnudbek Author
  • Abduraxmonov Sardorbek Author

Keywords:

sport psixologiyasi, motivatsiya, yosh futbolchilar, psixologik tayyorgarlik, raqamli texnologiyalar, integrativ model.

Abstract

Mazkur maqolada yosh futbolchilarning musobaqadan oldingi psixologik tayyorgarligini shakllantirishda rag‘batlantiruvchi omillarning o‘rni hamda ularni boshqarishda raqamli integrativ yondashuv imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot Jizzax, Qarshi va Samarqand viloyatlaridagi futbol akademiyalari o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazildi. T.Ellers metodikasi asosida muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi darajalari o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, individual mahorat, mashg‘ulotga munosabat, o‘ziga ishonch va qat’iyatlilik yosh futbolchilarning sport natijalarini belgilovchi asosiy psixologik omillar hisoblanadi. Ushbu omillarni monitoring qilish va rivojlantirishda raqamli ta’lim platformalari, psixologik diagnostika ilovalari hamda sport analitik tizimlaridan foydalanish samaradorlikni oshiradi.

Author Biographies

  • F.A.Oblanazarov

    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti dotsenti

  • Abdullayev Xushnudbek

    Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti talabalari

  • Abduraxmonov Sardorbek

    Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti talabalari

Published

2026-02-28

How to Cite

YOSH FUTBOLCHILARDA MUSOBAQADAN OLDIN PSIXOLOGIK RAG‘BATLANTIRUVCHI OMILLARNI SHAKLLANTIRISHNING RAQAMLI INTEGRATIV MODELI. (2026). KONFERENSIYA, 1(1), 649-653. http://journalss.org/index.php/conf/article/view/20388