KURASHCHILARNING MASHG‘ULOTDA MAHSUS TAYYORGARLIK JARAYONI SHIDDATINI OSHIRISHDA TEXNIK-TAKTIK HARAKATLAR
Keywords:
kurash, maxsus tayyorgarlik, texnik-taktik harakatlar, mashg‘ulot shiddati, sport mahoratiAbstract
Mazkur maqolada kurashchilarning mashg‘ulot jarayonida maxsus tayyorgarlik shiddatini oshirishda texnik-taktik harakatlarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda texnik usullarni takomillashtirish, taktika elementlarini mashg‘ulot jarayoniga integratsiya qilish hamda musobaqa vaziyatlarini modellashtirish orqali mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, texnik-taktik mashqlarni yuqori intensivlikda bajarish sportchilarning jismoniy tayyorgarligi, tezkor qaror qabul qilish qobiliyati va musobaqaga moslashuv darajasini oshirishga xizmat qilishi ilmiy asosda bayon etilgan. Olingan natijalar kurashchilarning maxsus tayyorgarligini rivojlantirishda texnik-taktik yondashuvlarning muhimligini tasdiqlaydi.