“RAQAMLI JAMIYAT SHAROITIDA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR VA SPORTNING SOHALAR BILAN INTEGRATSIYASI”
Keywords:
Raqamli jamiyat, ijtimoiy-gumanitar fanlar, sport, integratsiya, sport diplomatiyasi, globallashuv, Osiyo Olimpiya Kengashi, yoshlar siyosatiAbstract
Mazkur maqolada raqamli jamiyat sharoitida ijtimoiy-gumanitar fanlar va sportning turli sohalar bilan integratsiyasi masalalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Globallashuv va raqamli texnologiyalar rivoji fonida sportning ijtimoiy institut sifatidagi o‘rni, uning tinchlik, do‘stlik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi ahamiyati yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyo Olimpiya Kengashining 46-Bosh Assambleyasidagi nutqi asosida sport diplomatiyasining zamonaviy tendensiyalari, sport va ijtimoiy-gumanitar fanlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ochib berilgan. Shuningdek, sportning ta’lim, axborot texnologiyalari va yoshlar siyosati bilan integratsiyasi raqamli jamiyat taraqqiyotining muhim omili sifatida asoslab berilgan.