MUHANDISLIK KOMUNIKATSIYALARINI YER OSTI TONELI ORQALI O‘TKAZIB SHAHAR KO‘CHALARIDA TIRBANDLIKNI YO‘QOTISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: muhandislik kommunikatsiyalari, yer osti toneli, shahar infratuzilmasi, tirbandlikni kamaytirish, transport oqimi, yo‘l inshootlari, zamonaviy loyihalash, energiya ta’minoti, suv ta’minoti, ekologiya xavfsizlik.Abstract
Annotatsiya: Muhandislik kommunikatsiyalarini yer osti toneli orqali o‘tkazish - zamonaviy shaharsozlikning muhim va innovatsion yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Aholi sonining o‘sishi, urbanizatsiyaning tezlashuvi, transport harakatining zichligi, ko‘plab yangi infratuzilmalar paydo bo‘layotgani yirik shaharlarda harakat tirbandliklarini keltirib chiqarmoqda. Bunday muammolarni oldini olish va shahar infratuzilmasini zamon talabiga mos rivojlantirish uchun yangi va ilg‘or texnologik yechimlar zarur. Shulardan biri - muhandislik kommunikatsiyalarini (suv, gaz, elektr tarmoqlari, issiqlik, kanalizatsiya va boshqalar) yer ostida o‘tkazuvchi zamonaviy tunellarni qurish hisoblanadi. Ushbu tezisda Muhandislik komunikatsiyalarini yer osti toneli orqali o‘tkazib shahar ko‘chalarida tirbandlikni yo‘qotish haqida ma'lumotlar berilgan.
References
1. Akromov, G. (2018). "Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini loyihalash va ularni o‘rnatish texnologiyasi." Toshkent: Tafakkur.
2. Asqarxo‘jayev, T.I., Shukurov, R.O., Ibrohimov, S., Musaev, A.K., Xankelov, T.K. (2022). "Yo‘l qurilish mashinalari konstruksiyasi." Toshkent: TDTTU nashriyoti.
3. Buriyev, E.S. (2019). "Muhandislik tarmoqlari va inshootlari." Toshkent: Oliy o‘quv yurtlari.
4. Buriyev, E.S. (2021). "Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (Suv ta’minoti va oqova suvlarni oqizish)." Toshkent: BIMI nashriyoti.
5. G‘ulomov, A.M. (2020). "Qurilishda muhandislik kommunikatsiyalari va yer osti inshootlari." Toshkent: Fan.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2022). "Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun mo‘ljallangan kollektorlardan foydalanish qoidalari." Toshkent.
7. Raxmatov, I.I. (2017). "Suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlari loyihasi." Toshkent: Muhandis.
8. Yusupov, B.X. (2018). "Shahar qurilishida muhandislik tarmoqlarini zamonaviy rejalashtirish." Toshkent: Innovatsiya nashriyoti.