BALGʻAM KOʻCHIRUVCHI DORI VOSITALARI
Abstract
Balgʻam koʻchiruvchi dorilar - yoʻtalganda balgʻam koʻchishini
osonlashtiruvchi dori moddalar. Ular bronxlar shilliq pardasi bezlari faoliyatini
oshiradi yoki bronxlarning muskullari qisqarishini va nafas yoʻllaridagi epiteley
faoliyatini kuchaytiradi. Balgʻam koʻchiruvchi dorilar d. bevosita va bilvosita taʼsir
etuvchi dorilarga boʻlinadi.
Bevosita taʼsir etuvchi Balgʻam koʻchiruvchi dorilar d. ga oʻzining ishqorlik
xususiyati tufayli balgʻamni yumshatishga yordam beradigan natriy bikarbonat
(ichimlik soda), ichilganda bronxlar shilliq pardasi bezlariga taʼsir etib, balgʻam
koʻchiradigan terpengidrat hamda baʼzi efir moylari (mas, anis moyi va boshqalar)
kiradi. Bu dorilar ingalyatsiya qilinganda (suv bugʻi bilan nafas yoʻllariga
yuborilganda) ham, ichilganda ham balgʻam yumshatishga kor qiladi.
Bilvosita taʼsir etadigan Balgʻam koʻchiruvchi dorilar d.ga baʼzi dorivor
oʻsimliklardan olinadigan moddalar (mas, termopsis oʻsimligi damlamasi, quruq
termopsis ekstrakti va boshqalar) kiradi. Bu moddalar faqat ichilganda kor qiladi.
Balgʻam koʻchiruvchi dorilar d. asosan yoʻtalib, balgʻam koʻchishi qiyin boʻlgan oʻpka
kasalliklarida (zotiljam, bronxit va boshqalar) ichiladi. Har qanday hollarda ham
Balgʻam koʻchiruvchi dorilar d.ni vrach ruxsati b-i ichish lozim. Aks holda turli
asoratlarga sabab boʻlishi mumkin
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. Salixujayev Z. “Dori vositalari kullanmasi” Toshkent, 2015 yil.
2. Toshmuxamedova F.Sh., Aliyev X.U., Nizomov R.Z. “Umumiy farmakologiya va
reseptura”. Toshkent, Ilm ziyo, 2007 yil.
3. Sayfuddin Faxriddin o‘g‘li “Umumiy reseptura”. Toshkent, Medisina, 2006 yil.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1. “Spravochnik Vidal”. Toshkent, 2008 yil
2. Sayfuddin Faxriddin o‘g‘li “Dorishunoslik farmakologiya va klinik farmakologiya
asoslari”. Toshkent, 2006 yil.
3. “Bemorlarni uyda va shifoxonada parvarish qilish”. Toshkent, Ibn Sino nashriyoti,
2003 yil
4. “Xavfsiz immunizasiya” dasturi bo‘yicha pedagoglar va tibbiyot xodimlari uchun
qo‘llanma. 2014 (YuNISEF)..
5. Yod tanqisligini oldini olish haqidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ” . 2007 yil.
Internet saytlar:
1. www.histolchuvashia.com.
2. www.ziyo.net.
3. www.google.ru
4. www:uzssgzt.uz,
5. www: med.uz.