CHO‘LPON VA ABDURAUF FITRATNING ADABIY-TANQIDIY QARASHLARI
Keywords:
KALIT SO‘ZLAR: Adabiy tanqid, Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat, ,, Adabiyot nadur? ‘‘ilmiy-estetik qarash, teatr tanqidchisi”, “Adabiyot qoidalari”, bedilshunoslik, adabiy-tanqidiy janrlar.Abstract
ANNOTATSIYA. Mazkur maqolada jadid adabiyotining yetuk vakillari
Cho‘lpon va Abdurauf Fitratning adabiy-tanqidiy qarashlari va adabiy tanqid hamda
uning adabiyotdagi roli tahlil qilinadi. Tadqiqotda ularning adabiyotning mohiyati,
badiiy ijodning vazifasi hamda milliy adabiyot taraqqiyotidagi o‘rni haqidagi nazariy
qarashlari yoritiladi. Cho‘lponning adabiyot va san’atga oid fikrlari, ijodkor
mas’uliyati, milliy ruhni uyg‘otish hamda badiiy didni shakllantirishga qaratilgan
mulohazalari adabiy-tanqidiy merosi asosida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Abdurauf
Fitratning adabiyot nazariyasi va tanqidchilik sohasidagi qarashlari, xususan, uning
,,Adabiyot qoidalari‘‘ asarida ilgari surilgan badiiy ijod, janrlar, estetik mezonlar
haqidagi ilmiy fikrlari tahlil etiladi. Maqolada ushbu adiblarning adabiy-tanqidiy
qarashlari o‘zbek adabiy tanqidchiligi shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat
kasb etgani ilmiy jihatdan asoslab beriladi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar
1. B.Nazarov, A.Rasulov, Q.Qahramonov, Sh.Ahmedova
,,O‘zbek tanqidchiligi tarixi ‘‘ T.:2012
2. V. Belinskiy Tanlangan asarlar. — Т.: 1959 .
3. Cho‘lpon. Adabiyot nadur? Adabiy-tanqidiy maqolalar. - T.: 1993
4. Fitrat. Adabiyot qoidalari. — T.: O‘qituvchi, 1994
5. D. Quronov Adabiyotshunoslikka kirish. T.: ,,Xalq merosi ‘‘ nashriyoti, 2010
6. ,,Adabiy tanqid nazariyasi ‘‘ o‘quv-uslubiy majmua. Guliston-2021