BITIRUVCHI YOSHLARNI ZAMONAVIY KASBLARGA YO‘NALTIRISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI VA ISTIQBOLLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: bitiruvchi, zamonaviy kasb, kasbga yo‘naltirish, psixologik diagnostika, raqamli iqtisodiyot, mehnat bozori, intellektual salohiyat, kelajak strategiyasi.Abstract
ANNOTATSIYA: Bitiruvchi yoshlarni to‘g‘ri kasbga yo‘naltirish bugungi
kunning eng dolzarb ijtimoiy-pedagogik masalalaridan biri hisoblanadi. Zamonaviy
mehnat bozoridagi shiddatli o‘zgarishlar yoshlardan nafaqat nazariy bilim, balki yangi
texnologiyalarni egallash va kreativ fikrlashni talab etmoqda. Ushbu maqolada maktab
bitiruvchilarining qiziqishlari va qobiliyatlarini aniqlashda psixologik diagnostika
usullarining o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli iqtisodiyot davrida yuzaga
kelayotgan yangi kasblar va ularning istiqbollari haqida keng ma’lumotlar yoritilgan.
Maqola yakunida bitiruvchilarning kasbiy o‘z-o‘zini aniqlash jarayonini
takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Mirziyoyev Sh.M. "Yangi O‘zbekiston strategiyasi". – Toshkent: "O‘zbekiston",
2021.
2. G‘oziyev E.G‘. "Psixologiya (Yosh davrlari psixologiyasi)". – Toshkent, 2010.
3. Davletshin M.G. "Zamonaviy maktab o‘quvchisi psixologiyasi". – Toshkent,
1999.
4. Yo‘ldoshev J.G‘. "Zamonaviy dars va unga qo‘yiladigan talablar". – Toshkent,
2015.
5. Boymurodov N. "Kasb tanlashga tayyorlash". – Toshkent, 2008.
6. Bentley T. "Learning beyond the Classroom: Education for a Changing World".
– London: Routledge, 1998.